Qilichbozlik. Jahon chempionatini bronza medali bilan boshladik!

  • 02.04.2023 20:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm

Bolgariyaning Plovdiv shahrida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli yakunlandi. O‘smirlar toifasida kechgan sablya dasturida Nargiza Jaksibaeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz saralash bosqichi davomida Gonkong, Ruminiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda vengriyalik Emese Domonkosga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va uchinchi o‘rinni egalladi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!