Qilichbozlik. Osiyo chempionatining ikkinchi kunida birdaniga 2 nafar vakilimiz shoxsupaga ko‘tarildi!

  • 3 mart, 2023, 21:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.

Tecno

Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, sablyachimiz Fernanda Errera barcha raqiblarini mag‘lub etib, terma jamoamizga 2-oltin medalni taqdim qildi. Nargiza Jaksibaeva esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

1-o‘rin - Fernanda Errera (O‘zbekiston)
2-o‘rin - Kaysha Janibek (Qozog‘iston)
3-o‘rin -Nargiza Jaksibaeva (O‘zbekiston)
3-o‘rin -Yifan Shan (Xitoy)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!