
Qilichbozlik. Sportchilarimiz Eronda kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi
Tehrondan yana bir xushxabar. Eron poytaxtida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Navro‘z 1-xalqaro musobaqasida qilichbozlarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, sablya bahslarida qatnashgan Sevinch Ismoilova finalgacha etib bordi. Biroq hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, rapirada kechgan janglarda Umida Ilyasova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha delegatsiyamiz og‘ir atletika va ot sportining konkur yo‘nalishida jami 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar