
Qilichbozlik. Zuhriddin Qodirov chempionlikni himoya qilishga kirishdi
Bolgariyaning Plovdiv shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. Musobaqani sablyachilarning yakkalik dasturidagi bahslari ochib berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi ham mazkur musobaqada ishtirok etmoqda. Bugun o‘smirlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Bellashuvlarda yigitlarimizdan amaldagi jahon chempioni Zuhriddin Qodirov, shuningdek, Sardor Abdukarimbekov va Niyatali Koptleunov, qizlarimizdan Fernanda Errera, Nargiza Jaksibaeva hamda Ayakoz Jumamuratova medallar uchun kurash olib borishadi.
Manba: MOQ
Fikrlar