
Qirg‘iziston terma jamoasi ustozi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Bellashuvda hamyurtlarimiz Igor Sergeev, Dostonbek Hamdamov va Jamshid Iskanderovning gollari evaziga g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Aleksandr Krestinin ishtirok etdi.
- Birinchi navbatda O‘zbekiston milliy terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Ishonchli va chiroyli o‘yin.
Ha bir tomondan olib qaraganda, muammolarimiz bor, tarbik borasida ham. Qolaversa, jamoalarning saviyasi boshqa-boshqa. Farq sezildi. Lekin shogirdlarim kurashishdi, qo‘llaridan kelgancha harakat qilishdi. Umumn olganda, chorlov uchun rahmat.
Bugungi o‘yin hali o‘z ustimizda ishlashimiz kerakligi ko‘rsatdi. Biz tushunib turipmiz, tomonlar o‘rtasidagi farqni. Shuning uchun bu o‘yin foydali bo‘ldi.
Shu o‘rinda men o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik muxlislarga rahmat aytaman. Ular chiroyli tarzda qo‘llab turishdi. Atmosfera ajoyib, - dedi murabbiy.
Fikrlar