Qirqka kirayotgan Suaresning ishtahasi ochilib ketdi
«Inter Mayami» hujumchisi Luis Suarez hali ham yuqori darajada gol urishni davom ettirmoqda. Urugvaylik forvard MLS doirasidagi «Kolambus Kryu»ga qarshi bahsda (2:2) yana bir bor o‘zini ko‘rsatib, golli seriyasini uzaytirdi.
Shu tariqa, 39 yoshli futbolchi so‘nggi to‘rt uchrashuvda jami yetti bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi, shuningdek, bir golli uzatma muallifi ham bo‘ldi.
Ushbu davr mobaynida Suarez «Filadelfiya Yunion» darvozasiga xet-trik yo‘llagan, «Chikago Fayr»ga qarshi o‘yinda ikki marta gol urgan va «Monreal» bilan bahsda bir bor aniq zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘lgan.
Joriy mavsum MLS musobaqasida Suarez 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli pas qayd etgan. Qiziqishi shundaki, o‘tgan mavsumda u butun kampaniya davomida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, huddi shuncha – 10 ta gol urishga erishgan edi.

Fikrlar