Asosiy mazmunga oʻtish

Qishki sport turlari. Aka-uka To‘xtaevlar jahon chempionatiga tayyorlanishmoqda

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Hamyurtlarimizga omad tilaymiz.

Tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Komiljon To‘xtaev ukasi Amal To‘xtaev bilan ayni paytda Italiyaning Dobbiako shahrida bo‘lib turishibdi. Sportchilarimiz ushbu shaharda jahon chempionatiga hozirlik ko‘rishmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, kichik To‘xtaev 17-26 yanvar kunlari Avstriyaning Tsent Anton shahrida o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida ishtirok etadi. Komiljon esa 6-19 fevral kunlari Fransiyaning Kurshevel va Meribel shaharlarida o‘tadigan jahon chempionatiga hozirlik ko‘rmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q