
Qiyin g‘alabada Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
“Roma” A Seriyaning 12-turidan so‘ng, Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
“Verona” mehmoni bo‘lgan poytaxt “bo‘rilar”iga mavsumdagi sakkizinchi g‘alabani qo‘lga kiritish oson bo‘lmadi. Qariyb bir soat bir o‘yinchi kam bo‘lib o‘ynagan “Verona” matonat bilan himoyalandi.
Birinchi bo‘lib to‘p o‘tkazib yuborgan Joze Mourino shogirdlari tanaffusga chiqish arafasida Nikolo Dzanoloning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Bahsning ikkinchi yarmida Mourino zaxira imkoniyatlaridan foydalanib, Kristian Volpato va Stefan El-Shaaravining gollari evaziga g‘alabani ilib ketdi.
E’tiborli tomoni, “Roma”ning g‘alaba to‘plari maydonga Eldor Shomurodov tushirilganidan keyin kiritildi.
Italiya futbolini yoritayotgan https://www.pagineromaniste.com sayti “Roma” futbolchilarining xarakatlarini quyilagicha baholadi:
Ruy Patrisio, 6 ball:
Darvozaga yo‘llangan zarbani qaytarishga ulgurmay qoldi. Qolgan vaziyatlarda ishonchli o‘ynadi.
Manchini, 6 ball:
Raqib hujumchisi Anrining gol urishiga to‘sqinlik qildi. Kris Smolling oldinga o‘tganida uning o‘rnini yopishga harakat qildi.
Matich, 7 ball:
Manchinining o‘rnida o‘ynagan serbiyalik futbolchi raqib hujumlarini barbod qilish bilan birga rimliklarning oldinga o‘tishiga sharoit yaratib berdi.
Smolling, 6.5 ball:
Raqibni o‘tkazmadi, butun uchrashuv davomida deyarli xatoga yo‘l qo‘ymadi, faollik ko‘rsatdi.
Ibanes, 6.5 ball:
Xelsinkidagi uchrashuvga bormagan himoyachi “Verona” qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsata oldi. Hujumlar tashkil etishda ham yaxshi o‘ynadi.
Karsdorp, 6.5 ball:
Verona havosi unga juda ma’lum keldi. Hujumchilarni qulay pozitsiyaga chiqarishga harakat qildi. Abraxaga ikkita zo‘r pas berdi. Himoyada ancha mustahkam turdi.
Kristante, 6 ball:
O‘yinning birinchi yarmida harakat qilgan Kristantega biroz tezlik etishmadi. Natijada tanaffuslan keyin o‘rnini El-Shaaraviga bo‘shatib berdi.
El-Shaaravi, 6.5 ball:
O‘yin arafasida 30 yoshni qarshilagan italiyalik hujumchi gol urib, o‘ziga ajoyib sovg‘a hozirladi.
Kamara, 7 ball:
To‘pni ushlab turishda alohida mahorat ko‘rsatdi. Abraxam va Dzanoloni pasi orqali qulay pozitsiyaga chiqardi.
Shomurodov, 6 ball:
Kamara o‘rniga tushgan Shomurodov o‘ziga ajratilgan bir necha daqiqa ichida faol harakat qildi. Tezkorligini ko‘rsatdi. Har ikki gol Shomurodov maydonga tushganidan keyin kiritildi.
Zalevski, 5.5 ball:
Kutilgan darajada o‘ynay olmadi. Ikkinchi bo‘lim avvalida o‘rnini Andrea Belottiga bo‘shatib berdi.
Belotti, 6 ball:
Raqib himoyachilariga bosim uyushtirib turdi, zarba berishga urindi.
Pellegrini, 5.5 ball:
Odatdagidan sustroq o‘ynadi. Ayrim vaziyatlarda hujumchilarga to‘pni aniq etkaza olmadi.
Dzanolo, 7 ball:
Gol urish ishtiyoqi juda baland ekanini namoyish qildi. Hisobni tenglashtirdi.
Volpato, 8 ball:
Dzanolo o‘rniga maydonga tushgan 18 yoshli futbolchi hamma kutgan golni urib, “bo‘rilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchinchi golda El-Shaaraviga assistentlik qildi. G‘alabani aynan mana shu yigit ta’minladi.
Abraxam, 5 ball:
Hujum mashinasi hali ham ishga tushgani yo‘q. Bu o‘yinda ham o‘zini ko‘rsata olmadi. Besh daqiqa ichida ikkita vaziyatni boy berdi.
Mourino, 7 ball:
Jamoasini kuchli to‘rtlikka olib kirdi. Oldinda uni “Latsio” bilan bo‘ladigan derbi kutmoqda.
Eng kuchli futbolchimiz Evropani emas, Xitoyni tanlaganiga izoh berdi
"Arsenal" so‘ragan legionerimizni jamoasi Angliyaga qo‘yib yubormagan ekan...
Shomurodovga “Roma”dan ketishni tavsiya qilishdi...
Fikrlar