"Qizilqum" - "Andijon" o‘yini videosharhi
Mavsumning dastlabki o‘yini Navoiyda kechdi. "Yoshlik" stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.
Dastavval 30-daqiqada Oybek Qilichev jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda esa «Qizilqum» bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov Eldor Boymatovning o‘rniga Sherali Jo‘raevni maydonga tushirdi. Aktamovning ushbu o‘zgartirishi o‘z mevasini bermay qolmadi. Aynan Jo‘raev 72-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va o‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Quyida ushbu uchrashuv videosharhi bilan tanishish imkoniga egasiz.

Fikrlar