
"Qizilqum" "Olimpik"dan ustun, chunki...
Bugun Superliganing 10-turi boshlanadi. 12 may sanasidan faqat bitta uchrashuv o‘rin olgan. Navoiyda “Qizilqum” Toshkentning “Olimpik” klubini qabul qiladi.
“Qizilqum”da bosh murabbiy o‘zgarganidan xabardorsiz. Asror Aliqulov o‘rnini Tachmurod Agamurodov egalladi.
Navoiyliklarning “Olimpik”ga qarshi o‘yin statistikasi yaqindagina boshlangan. Gap shundaki, o‘tgan yili Superligada ikki marta to‘qnash kelishgan. Toshkentda “Qizilqum” 0:1 hisobida g‘alaba qozongan, Navoiyda esa maydon egalari 2:1 natijasi bilan ustun kelgan.
Ha, hozircha “Olimpik” klubi o‘zaro uchrashuvlarda “Qizilqum”ni mag‘lub eta olmayapti.
Fikrlar