
"Qizilqum" safarda "Lokomotiv" darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi
Superliganing navbatdagi 22-turiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda bugun Toshkentda "Lokomotiv" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi, - deya xabar bermoqda "Qizilqum" matbuot xizmati.
Qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvda “Qizilqum” 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. O‘yindagi gollarga jamoa sardori Erkin Boydullaev va Behruz Sa’dullaev mualliflik qilishdi.
"Qizilqum" tarkibi: Ignatiy Nesterov, Muhsinjon Ubaydullaev, Oleg Tolmasov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Fayzullo Qambarov, Jamshid Hasanov, Erkin Baydullaev, Giorgi Kuxianidze, Shaxzod Turopov, Elguja Grigalashvili, Islom Kenjaboev.
Zaxiradagilar: Artyom Makosin, Ibrohim Muxtorov, Shamsiddin Sagdullaev, Ahror Umarjonov, Azizbek Usmonov, Timur Nabiev, Salim Mustafaev, Xumoyun Abdualimov, Behruz Sa’dullaev, Jasur Azimov.
Fikrlar