
"Qizilqum" yangi mavsumda medallarni ko‘zlayapti
Mavsumning ikkinchi yarmida tarkibini kuchaytirib, muxlislarini g‘alabalar bilan xursand qilgan “Qizilqum”ning kelasi mavsumdan umidi katta.
Ma’lum bo‘lishicha, keyingi yilda navoiyliklar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov sports.uz saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Shunga yarasha, u jamoani yanada kuchaytirish maqsadida hozirgi tarkibni saqlagan holda yana bir qator tajribali o‘yinchilar bilan gaplashib qo‘yganini ham qo‘shimcha qildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, “Qizilqum”ning yangi mavsum uchun rejalari jiddiy. Lekin hozircha kelishuvga erishgan yangi futbolchilarning nomlarini sir tutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” klubining chempionatlarimizdagi eng yaxshi natijasi 2002 yilga to‘g‘ri keladi. O‘sha mavsumda jamoa bronza medalini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar