"Qizilqum"ning maqsadi jiddiy. Klub endi Oleg Zoteevni ham ko‘ndirdi

  • 26 yanvar, 2022, 06:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Navoiyning “Qizilqum” klubi ham selektsiyada boshqalardan aslo qolishayotgani yo‘q. Shu kunga qadar bu jamoaga bir qator ko‘zga ko‘ringan, tajribali o‘yinchilar ko‘chib o‘tdi. Serbiyalik Nikola Lazarevich esa bosh murabbiyga aylandi. Tarkib esa kuchaytirilyapti va bu hol davom ettirilmoqda.

Tecno

Aftidan, “Qizilqum” klubi siz-u, bizni yana bir qator jiddiy transferlari bilan ham e’tiborimizni o‘ziga tortadigan ko‘rinadi. Gap shundaki, navoiyliklar safiga o‘tgan yili Janubiy Koreya Kubogi finalida gol urgan va yakunda jamoasi bilan g‘olib chiqqan hamyurtimiz Oleg Zoteev ham qo‘shildi.

oleg1_2

“Chonnam Dragons” safida ikki yil to‘p surgan legionerimiz shartnomasi tugagani bois klubni tark etgandi. Uning oldida esa qator variantlar bor edi va legionerga aylanishi yoki Superligaga qaytishi ehtimoldan holi emasdi.

Ko‘rinib turibdiki, bu borada “Qizilqum” boshqalarga nisbatan faolroq harakat qildi va Zoteevni o‘z safiga qo‘shib olish uchun ko‘ndirish yo‘lini topgan. Ayni chog‘da Oleg navoiyliklarning mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi klub bilan kelishib bo‘lgan. Tabiiyki, uning tarkibga qo‘shilishi ham jamoa o‘yinini kuchaytirishi shubhasiz. “Qizilqum” esa selektsiya ishlarini yana davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!