"Qizilqum"ning Turkiyadagi yig‘iniga kimlar ketdi?

  • 4 fevral, 2022, 05:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan jamoamiz a’zolari payshanba kuni erta tongda Toshkent-Istambul-Antaliya havo yo‘nalishi orqali Turkiyaga jo‘nab ketgandi.

Tecno

Jamoamiz delegatsiyasi kechga yaqin Antaliyaning Belek shaharchasidagi "Atlantis" mehmonxonasiga etib keldi.

Uch haftalik yig‘in davomida futbolchilarimiz 7 ta sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi.

Jamoamiz delegatsiyasi tarkibi quyidagicha:

Bosh murabbiy – Nikola Lazarevich

Yordamchi murabbiylar – Obid Xudoyorov, Vladimir Jivanovich

Darvozabonlar murabbiyi - Baxtimurod Xayriddinov

Tahlilchi - Xektor Alamos

Ma’mur – Sherzod Tashev

Shifokor – Olim Ne’matov

Massajchilar – Qurbonali Baqoev, Shavkat Mirzaev

Tasvirchi – Sanjar Ala-Oxunov

Darvozabonlar – Ignatiy Nesterov, Javohir Ilyosov, Artyom Makosin;

Himoyachilar – Shuhrat Muhammadiev, Islom To‘xtaxo‘jaev, Salim Mustafaev, Azizbek Usmonov, Sherali Jo‘raev, Bobur Yo‘ldoshev, Oleg Tolmasov, Oleg Zoteev, Fayzulla Qambarov, Timur Nabiev;

Yarim himoyachilar – Erkin Baydullaev, Sanjar Shoahmedov, Jasur Azimov, Turopov, Aleksandar Stanislavlevich,  Ilhomjon Kenjaev,  Azamat Maksumov;

Hujumchilar – Temurxo‘ja Abduholiqov, Orifxo‘ja Abduholiqov, Humoyun Abdualimov.

"Qizilqum" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!