
"Qo‘qon-1912" - AGMK uchrashuviga oid ma’lumotlar. Jamoalarning Qo‘qonda o‘tkazilgan o‘yinlarida biror marta durang qayd etilmagan
Coca Cola Superligasi 21-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912”- AGMK bahsi Qo‘qonda bo‘lib o‘tadi. Mezbonlar matbuot xizmati uchrashuv oldidan jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarini taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar.
Ushbu jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatlarida 13 marta to‘qnash kelgan. O‘yinlarning uchtasida qo‘qonliklar g‘alaba qozongan. Sakkiz uchrashuvda olmaliqliklar qo‘li baland kelgan. Ikkita bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar farqi 24-16 AGMK foydasiga. O‘zaro uchrashuvlarda "Qo‘qon-1912" 11 ochkoni qo‘lga kiritgan. AGMK hisobida esa 26 ochko mavjud.
Qo‘qonda o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuv:
23.11.2019 Qo‘qon-1912 – AGMK - 1:3
03.10. 2018 Qo‘qon-1912 – AGMK - 1:2
18. 07. 2018 Qo‘qon-1912 – AGMK - 3:0
25.11.2017 Qo‘qon-1912 – AGMK - 1:2
22.11. 2016 Qo‘qon -1912 – AGMK - 2:1
Fakt: Qo‘qonda o‘tkazilgan uchrashuvlarda biror marta durang natija qayd etilmagan.
Fikrlar