
"Qo‘qon-1912" Namangan futboli tarbiyalanuvchisi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi (Foto)
"Qo‘qon-1912" futbol klubi o‘z safini yana bir yosh iqtidorli futbolchi bilan to‘ldirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, qanot vingeri Diyorbek Jaloliddinov qo‘qonliklar bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Jaloliddinov 2002 yilda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. Namangan futboli tarbiyalanuvchisi. Diyorbek o‘tgan mavsumni "Navbahor-farm" jamoasi safida o‘tkazgan.
Fikrlar