"Qo‘qon-1912" tanishtiruv marosimini qachon o‘tkazishi ma’lum

  • 05.03.2022 10:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing ikl turida “Neftchi” jamoasiga yutqazib qo‘ygan “Qo‘qon-1912” klubi navbatdagi uchrashuvga tayyorlanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, jamoa a’zolarini tanishtiruv marosimi o‘tkaziladi.

Klub matbuot xizmati bu borada shunday xabar qiladi: “Hozirgi kunlarda ko‘plab futbol klublari o‘z saflariga yangi qo‘shilgan futbolchilarni tanishtiruv marosimini o‘tkazishmoqda. “Qo‘qon-1912” jamoasi ham o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda jamoa tarkibigi qo‘shilgan futbolchilarni tanishtiruv marosimini o‘tkazadi.

Ushbu marosim 7 mart, dushanba kuni, soat 11:00 da, “markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!