Qozog‘iston mundial pley-offi yo‘llanmasi uchun O‘zbekistonga qarshi o‘ynaydi

  • 17.09.2026 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonning 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi tarixda ilk bor o‘tkazilayotgan FIFA U-15 World Cup Festival 2026 jahon chempionatida o‘z guruhida O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga tushdi. 

Musobaqa Ozarbayjon poytaxti Bokuda o‘tkaziladi, deya xabar beradi Sports.kz.

Qozog‘iston o‘smirlariga pley-off bosqichiga chiqish uchun O‘zbekistondan tashqari Bagam orollari, Gana, Guam va Myanma terma jamoalariga qarshi maydonga tushishga to‘g‘ri keladi.

Turnir joriy yilning 22–31 oktyabr kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda dunyo bo‘ylab 191 ta mamlakatning o‘smirlar terma jamoalari ishtirok etadi. Jamoalar 32 ta guruhga ajratilgan.

Guruh bosqichi 24–26 oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Har bir terma jamoa uch kun ichida beshta o‘yin o‘tkazadi, ayrim kunlarda esa jamoalar bir kunda ikki marta maydonga tushadi. 

FIFA U-15 World Cup Festival 2026 FIFA uchun ham tajriba sifatida, ham tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi formatdagi musobaqa sifatida qayd etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!