Qozog‘iston klubi MYUning sobiq futbolchilari bilan muzokara olib bormoqda
Qozogʻistonning "Aktobe" klubi tarkibini kuchaytirish yoʻllarini faol ravishda oʻrganmoqda. Rossiya OAVlarining xabar berishicha, klub bir qator mashhur futbolchilar bilan aloqaga chiqqan.
Sport24 nashrining maʼlum qilinishicha, Xalk, Shakiri va Marko Roys "Aktobe"ning taklifini rad etgan. Shuningdek, Xames Rodriges maʼlum sabablarga koʻra Qozogʻiston chempionatiga emas, MLSga oʻtishni maʼqul koʻrgan.
Ayni paytda klubning asosiy eʼtibori Antoni Marsyal va Jessi Lingardga qaratilgan. Ushbu ikki futbolchi bilan muzokaralar hali ham davom etmoqda.
Maʼlumot uchun, avvalroq ushbu jamoa Nani bilan bitim imzolagan edi.
Fikrlar