
Qozog‘iston Toshkentda bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etmaydi
Boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi 20 yanvar kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan 22 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etmasligi ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov ma’lum qildi:
"Oxirgi voqealar munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi MOQ barcha yig‘inlar va musobaqalardagi ishtirokni bekor qildi",-dedi u.
Manba: Sports.kz
Fikrlar