Qurbon Berdiev: Rossiya terma jamoasini boshqarishga rozi bo‘lganman, biroq...

  • 21.05.2019 13:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Qozonning “Rubin” klubi bosh murabbiyi Qurbon Berdiev o‘z vaqtida Rossiya terma jamoasidan taklif bo‘lganini aytdi.

“Menga Rossiya terma jamoasidan taklif bo‘lgani haqida bundan avval ham aytganman. O‘shanda ushbu taklifga rozi bo‘lganman, biroq, ular yakunda Cherchesovni tanlashdi va u bu ishonchni oqladi. Har bir murabbiy uchun terma jamoada ishlash bu – sharaf”, - deydi turkmanistonlik mutaxassis

Eslatib o‘tamiz, Stanislav Cherchesov boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi o‘tgan yili o‘z maydonida o‘tgan mundialda chorak finalga qadar etib bora olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!