"Quvayt SK"dan yirik g‘alaba, Rashidov esa...

  • 14.08.2021 23:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, Sardor Rashidov yangi klubi – “Quvayt SK” bilan ayni paytda Turkiyada tayyorgarlik ko‘ryapti. Ushbu yig‘in davomida quvaytliklar nazorat uchrashuvlarini ham tashkillashtirmoqdalar.

Dastlabki o‘yinda “Quvayt SK” Qatarning “Al-Ahli” klubiga 2:3 hisobida yutqazgani va unda Rashidov o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ygani to‘g‘risida xabar berib o‘tgandik.

Bugun ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Bu safar Qatarning “Al-Marxiya” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Quvayt SK” raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi - 4:0.

sardor

O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan hamyurtimiz Sardor Rashidov gollardan biriga assistentlik vazifasini bajardi.

“Quvayt SK” navbatdagi o‘yinini 17 avgustda Qatarning yana bir klubi – “Al-Xor”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
15/08/2021 04:12
Сардор, Элдор ва Жалолиддин сизлардан бу мавсум кўп голлар ва яҳши ўйинли натижаларни кутиб қоламиз...
&
Турсун Ғани
15/08/2021 00:48
Сардор олға.