
Quvvatov, To‘raev, Ergashev! "Neftchi"da nega darvozabonlar ko‘payib ketdi?
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasini ketma-ket darvozabonlar bilan kontrakt qilganini sababini ma’lum qildi:
"Neftchi" darvozabonlari masalasi ochilgach, vaziyatga oydinlik kiritib ketaman.
Vladimir Nazarov 29 noyabr kuni "Neftchi"da qolishini aytdib, murabbiylarni ishontirgan. 1 dekabr kuni "Navbahor" bilan o‘yindan so‘ng Toshkentga (uyga) ketib, ortga qaytmasligini, u bilan "Paxtakor" qiziqib qolganini ma’lum qilgan.
Darvoza chizig‘ini kamida 2-3 mavsum qo‘riqlashi taxmin qilingan asosiy posbon kutilmaganda boshqa jamoaga o‘tishini ma’lum qilgach, "Neftchi" tezda saviyali kiperlar bilan muzokaralarga kirishgan. Kutilmagan voqea "yo‘lbarslar" rejalarini( "Neftchi" (1)Nazarov (2)To‘raev bilan kelasi mavsumni o‘tkazmoqchi edi.) o‘zgartirib yuborgan. Natijada jamoa tavakkal qilmay ikkita yaxshi darajadagi darvozabon bilan kontrakt imzolagan.
Eng qizig‘i shundaki, Nazarovni jamoaga chaqirgan Denis Ivankov u kelguniga qadar jamoadan ketdi va ayni damda Evropada. Nazarov esa, ancha chigal vaziyatga tushib qoldi. "Paxtakor" Farg‘onaga ketgan Quvvatovni o‘rnini aynan u bilan to‘ldirishi mumkin, ammo hozircha "sherlar" Nazarovga kontrakt taklif etmadi.
Vladimir bilan "Lokomotiv" ham kontrakt imzolash istagida. "Neftchi" esa, Nazarovning va’dasiga ishongani uchun shoshilinch qarorlar qabul qilishga majbur bo‘ldi. Qisqasi, shunaqa gaplar."
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir haftada "Neftchi" Sanjar Quvvatov va Botirali Ergashev bilan kontrakt imzoladi.
Fikrlar