Rafael Benites "Marsel"ning taklifini nega rad etdi?

  • 05.02.2021 10:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

«Real», «Chelsi» va «Liverpul» klublarining sobiq ustozi Rafael Benites «Marsel»dan bo‘lgan taklifni rad etdi. Aytish kerakki, bir necha kun oldin Andre Villash-Boash o‘z xohishiga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyligidan ketgan edi.

Frantsuz klubi sport direktori Pablo Longoriya aynan Benites nomzodiga qiziqish bildirayotgan edi. Ammo 60 yoshli ispaniyalik mutaxassis premer-ligaga qaytmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Benitesning so‘nggi ish joyi Xitoyning «Dalyan Pro» klubi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!