Rafael Nadal 550-o‘yinida g‘alaba qozondi
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Rafael Nadal Melburn shahrida o‘tayotgan “Australian Open – 2018” turnirida Bosniya va Gertsegovina vakili Damir Djumxur bilan raqobatlashdi.
Uch set davom etgan o‘yinda Rafael 6:1, 6:3, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi va o‘zaro o‘yinlardagi hisobni tenglashtirdi – 1:1. Nadal endi chorak finalga chiqish uchun argentinalik Diego Shvartsmanga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Damirga qarshi o‘tgan o‘yin Rafael Nadal uchun xard qoplamali kortlardagi 550 o‘yindir.
Fikrlar