
Rakitich Luis Enrikedan nega norozi?
“Barselona” klubi xavbeki Ivan Rakitich Ispaniya chempionatining o‘tgan 16-turida “Espanol”ga qarshi bahsdan so‘ng, jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikedan hali ham norozi ekanligini bildirdi.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, La liganing ketma-ket 2ta uchrashuvida maydonga tushirilmagani xorvatiyalik futbolchiga yoqmagan. Avvalroq, 28 yoshli futbolchining jarohati borligi aytilayotgan edi, biroq, aslida futbolchi o‘zini yaxshi his qilmoqda. Nega Luis Enrike unga o‘yin amaliyoti bermayotganligiga tushuna olmayapti.
Ma’lumot uchun, Rakitich ushbu mavsum 12ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar