Ramazon Temirov UFC bilan shartnoma imzoladi!

  • 12.08.2024 18:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘zbekistonlik taniqli MMa jangchisi Ramazon Temirov rasman UFC bilan shartnoma tuzdi va u jahonning eng kuchli promoushenida 12 oktyabr kuni debyut qiladigan bo‘ldi. Ma’lumki, yurtdoshimiz bunga qadar yana bir nufuzli liga Rizin da o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgandi. Hamyurtimiz hozirda 9 ta g‘alabali seriyaga ega. U super engil (57,6 kg) hamda o‘ta engil (61,2 kg) da  oktagonga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, Temirov faoliyati mobaynida 15 ta g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!