Ramazon Temirov Yaponiyaga yo‘l oldi. U "Rizin 44" turnirida jang qiladi

  • 18.09.2023 14:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

24 sentyabr kuni Yaponiyaning Sayitama shahrida “Rizin 44” turniri tashkil etiladi. Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur jang oqshomida hamyurtimiz Ramazon Temirov ham oktagonga ko‘tariladi.

Yurtdoshimiz mezbonlar vakili Takaki Soyaga qarshi jang qiladi. Hamyurtimiz ushbu jang uchun murabbiyi Jasur Alijonov bilan bugun Yaponiyaga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, Ramazon Temirovning rekordi 14-2-1 bo‘lsa, Takakini ko‘rsatkichi 12-5-1 ko‘rinish olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!