Ramos g‘alati sababga ko‘ra, "Evro-2020"ni o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 23 may, 2021, 16:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Olimpiya o‘yinlari sabab, Evropa chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Tecno

El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 35 yoshli futbolchi “Evro-2020”da ham, “Tokio-2020”da ham ishtirok etishni xohlagan. Biroq, buni amalga oshirish deyarli imkonsiz.

Ramos tez orada Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike bilan uchrashmoqchi. Unda Enrike Ramosning jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni va hozirgi ahvoli haqida yakuniy xulosaga keladi.

“Evro-2020” 11 iyundan - 11 iyulgacha, “Tokio-2020”ning futbol musobaqalari esa, 21 iyuldan 7 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!