Ramos: Kalamushday chiyillamay, o‘rningdan tur!

  • 07.11.2020 20:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Chempionlar ligasida “Real” va “Inter” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda madridliklar sardori Serxio Ramos milanliklar himoyachisi Ashraf Hakimini haqorat qilgan vaziyat kamera ob’ektivlariga tushib qoldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘yinda Ramos raqibi bilan to‘qnashib ketadi. Keyin u og‘riqdan baqirib, erga yiqilgan raqibini haqorat qilgan.

Football Italia nashrining yozishicha, Ramos Hakimiga “Kalamushday chiyillamay, o‘rningdan tur!”, deb o‘shqirgan.

Ramosning o‘zi o‘sha uchrashuvda gol urib, jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Bu Serxioning “Qirollik klubidagi” 100-goli sifatida qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!