Ramos "Nant"ga qarshi o‘ynay oladimi? Pochettino javob berdi

  • 20 noyabr, 2021, 00:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Serxio Ramosning tiklanish jarayoni haqida gapirdi. 

"Ramos yaxshi mashq qilmoqda. Serxio to‘g‘ri yo‘lda va unda o‘sish bor. Ko‘ramiz, ertangi o‘yin uchun u qaydnomaga kira olarmikan. 

Bunday futbolchining o‘ynamasligi yomon, lekin u sabr-toqat bilan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Ramos rivojlanmoqda va bu vaziyatga dosh berish uchun o‘zida kuch bor ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi", - dedi argentinalik mutaxassis. 

Qayd etish joiz, 35 yoshli himoyachi bugun umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. Eslatib o‘tamiz, ertaga PSJ "Nant"ni o‘z maydonida qabul qiladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!