Ramos PSJga o‘tish uchun APL klublaridan bo‘lgan taklifni rad etdi

  • 1 iyul, 2021, 23:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"ning sobiq sardori Serxio Ramos faoliyatini PSJda davom ettirishga qaror qildi.

Tecno

RMC Sport tarqatgan xabarga qaraganda, 35 yoshli futbolchi Parij klubiga o‘tish uchun APLning ikkita klubidan bo‘lgan taklifni rad etgan. Ushbu takliflarning biri hatto PSJning taklifidan ham yaxshiroq bo‘lgan, ammo Serxio frantsuz grandini tanlagan.

Ramos PSJ bilan 2 yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi.  Ramos "Real"da 16 yil faoliyat yuritdi. U jamoani shartnomasi yakunlangani sabab erkin agent sifatida tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!