Ramos qachon safga qaytadi?

  • 23.02.2021 19:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AS nashri "Real" himoyachisi Serxio Ramosning qachon safga qaytishi bo‘yicha xabar tarqatdi. Eslatib o‘tish lozimki, 34 yoshli ispaniyalik futbolchi fevral oyi boshida tizzasidan operatsiya qilingan edi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Ramos taxminan 6-4 hafta davolanadi. U 13 mart kuni "Elche"ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinga qadar sog‘ayishi kutilmoqda. "Real" oradan 3 kun o‘tib, ya’ni 16 mart kuni "Atalanta"ga qarshi EChL 1/8 final  javob bahsida ishtirok etadi.

Ramos so‘nggi bor 14 yanvar kuni Ispaniya Superkubogidan o‘rin olgan "Atletik"ga (1:2) qarshi o‘yinda maydonga tushgan edi. U joriy mavsum La Ligada 14 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!