
Ramos “Real”ning sirini ochib, fitna chiqardi
“Real” bilan amaldagi shartnomasi tugayotgan jamoa sardori Serxio Ramos jamoadoshlarini klub rahbariyatining maoshlarni qisqartirish haqidagi taklifiga ko‘nmasliklarini uqtirmoqda. Uning aytishicha, “Qirollik klubi” xo‘jayinlari futbolchilarning maoshidan tejalgan mablag‘ni PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni olishga sarflashni rejalashtirayotgan ekan.
Ayni paytda koronavirus pandemiyasi ortidan kelib chiqqan moliyaviy inqiroz grand klublarni ham qiynab qo‘ymoqda. Ularning aksariyati futbolchilarga katta maosh to‘lashdan tashqari, o‘zlari istagan kuchli o‘yinchilar transferiga pul topishga qiynalmoqda.
Xususan, shartnomasi shu oy oxirida yakunlanadigan Serxio Ramos ham klub bilan yangi shartnomada maosh masalasida keliga olmadi. 2005 yildan beri “Qirollik klubi” sharafini sadoqat bilan himoya qilib kelayotgan Ramos yozda boshqa klubga o‘tib ketishi kutilmoqda.
Fikrlar