
Ramos Ronalduning ketishi haqida fikr bildirdi
32 yoshli Ronalduning Lal Liga chempionlari safidan ketishi xaqidagi xabarlarga Serxio Ramos o‘z fikrlarini bildirdi.
“Krishtianu ketyaptimi? Undan so‘rang, men bu haqida hech narsa bilmayman” deb ta’kidlab o‘tdi Ramos.
U shuningdek, shanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Atletiko”ga qarshi derbi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. “Futbol haqidagi yaxshi xabar – bu murakkab o‘yinlar yaqinlashmoqda” degan. “Bizda xato qilish uchun minimum imkoniyat bor, shundoq ham bir necha ochkoga ortda qolmoqdamiz. Biz derbida yaxshi o‘ynashga umid qilayapmiz, buni hali ko‘ramiz” degan madridliklar sardori.
Fikrlar