Ramosning o‘rniga zo‘r futbolchi keladi

  • 18 noyabr, 2020, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” rahbariyati jamoa sardori Serxio Ramosning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Chunki tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmayapti. Kelishgan taqdirda ham, madridliklar kelajak uchun yosh va kuchli himoyachi olish imkoniyatidan foydalanib qolmoqchi.

“Qirollik klubi” skautlari jamoaga Pau Torresni olishni tavsiya qilmoqda. “Vilyarreal”ning etakchisiga aylangan himoyachining transferi 50 million evroga baholanmoqda.

Garchi “Real”ga bu summani topish qiyinchilik tug‘dirmasa-da, jiddiy klublar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda Pau Torres “Arsenal”,  “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Barselona” nishonida turibdi.

Ronaldu ispanlar gegemonligiga barham bermoqchi

“Real” rahbari bir shart evaziga Ramosga javob berib yuborishga tayyor

PSJ Ramosga qancha va’da qilayotgani oshkor bo‘ldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!