Ranerining Shomurodov haqidagi gaplari rost chiqdi!

  • 14 dekabr, 2023, 07:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Raneri jamoani mag‘lubiyatdan qutqargan Shomurodov haqida nima dedi?

A Seriyaning 15-turida “Kalyari” o‘z maydonida “Sassuolo”ni qabul qildi va superkambek evaziga 2:1 hisobida zafar quchdi.

Sardiniyaliklarning so‘nggi daqiqalarda kiritilgan g‘alaba goliga Eldor Shomurodov assistentlik qildi.

kalyari_vin1

Bu o‘yindan keyin Italiya futbolini yoritayotgan manbalar bosh murabbiy Klaudio Ranerining o‘yin oldidan o‘zbek hujumchisi haqida aytgan gaplarini yodga oldi.

Italiyalik tajribali mutaxassis uchrashuv oldidan shunday degan edi:

Shomurodovda mavsum boshida juda katta muammolar bor edi. Eldorning bu holati tufayli biz kutgan futbolchi emasdi. Chunki u “Spetsiya” va “Roma”da juda kam o‘yin o‘tkazdi. Yozda transferni amalga oshirganimizda “Jenoa”da o‘ynagan Shomurodovni o‘z safimizda ko‘rishni xohlagandik.

Shomurodov sekin asta o‘sha avvalgi darajasiga qaytyapti.  Uni yana yuqori saviyaga chiqishiga turtki beryapman, undan himoyaga qaytib o‘ynashini ko‘p talab qilyapman. Albatta, bu hujumchi ham talablarimga munosib javob qaytaryapti. Shomurodov hali bizga kerak bo‘ladi”.

Nufuzli manba – www.cagliarinews24.com   sayti eksperti Eliya Serra Klaudio Ranerining o‘yin oldidan Shomurodov haqida aytgan gaplari “Sassuolo”ga qarshi bahsda yuzaga chiqqaniga e’tibor qaratdi.

Cagliari_gol

- Ko‘pchilik Klaudio Ranerining murabbiylik sifatlarini yaxshi biladi. Biroq uning uzoqni ko‘ra oladigan bashoratchi ekanini ko‘pchilik payqamagan bo‘lsa kerak. Raneri “Sassuolo” bilan o‘yinda qanday holat yuzaga kelishini oldindan to‘g‘ri aytib berdi.

Murabbiyning uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida Eldor Shomurodov haqida aytgan gaplari “Sassuolo”ga qarshi bahsda o‘z isbotini topdi. Raneri o‘zbek hujumchisi yuqori sport formasiga qaytayotgani va bo‘lajak bellashuvda jamoaga yordam berishiga alohida urg‘u qaratgandi. Oxir-oqibat hammasi u aytganidek bo‘lib chiqdi. Ranerining o‘zi ham buni ko‘rdi, - deb yozdi Eliya Serra.

Darhaqiqat, murosasiz to‘qnashuvdan keyin ham Klaudio Raneri g‘alabaga katta hissa qo‘shgan Eldor Shomurodovning o‘yiniga baho berdi.

- Mag‘lubiyatga uchrayotgan paytimizda men futbolchilar qanotda faollik ko‘rsatib, markazga to‘pni etkazib berishi lozimligini aytdim.  Bir tomonda Oristanio Dzappa bilan, boshqa tarafda Aujello va Shomurodov hamkorlikda o‘ynadi. Keyin ularning joyini alishtirib, ikki qanotga hujumchilarni qo‘ydim.

Eldor Shomurodov o‘yinga yaxshi kirishib ketdi va foyda keltirdi. Agar Eldor har bir uchrashuvda mashg‘ulotda ko‘rsatgan o‘yinini namoyish qilsa, uning nimalarga qodirligini ko‘rgan bo‘lardingiz, - dedi Klaudio Raneri.

766433_680_1

“Kalyari” navbatdagi uchrashuvini 16 dekabr kuni amaldagi chempion “Napoli”ga qarshi safar o‘tkazadi.

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

Olti karra Rossiya chempioni bo‘lgan “paxtakorchi”: Fayzullaev menga o‘xshamaydi!

Ekspert: Fayzullaev jahonning eng zo‘r yosh o‘yinchisi sovriniga munosib!

Fayzullaev qishda TsSKAdan Evropaga ketishi kutilyapti

Tezkor: Fayzullaev Jud Bellingem bilan birga jahonning eng zo‘r yosh o‘yinchisi sovriniga da’vogar!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!