
Rangnik qimmatbaho yulduzni tekinga olmoqchi
“Manchester Yunayted” rahbariyati markaziy himoya chizig‘igi kuchaytirish uchun “Yuventus” yulduzi Matteys de Ligtga og‘iz solmoqda. Bosh murabbiy Ralf Rangnik esa qimmatbaho o‘yinchiga pul sarflashning keragi yo‘qligini ta’kidlayapti.
Germaniyalik mutaxassis uning o‘rniga erkin agent sifatida hamyurti Antonio Ryudigerni olishni taklif qilayotir. Ryudiger “aristokrat”larni o‘ziga haftasiga 225 ming funt berishga ko‘ndira olmayapti.
Bu o‘yinchi o‘ziga qiziqish bildirayotgan jamoalar oldiga bir xil talab qo‘ygan. U so‘rayotgan maosh berilsa, u har qanday jamoa uchun o‘ynashga tayyor.
Rangnik manchesterliklarni xuddi shu yo‘ldan borishga undamoqda.
Fikrlar