Rangnik shubhali transferga qo‘l urdi

  • 16.01.2022 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Daily Mail nashri “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik o‘z jamoasiga “Brayton” himoyachisi Tariq Lemptini qo‘shib olishga qaror qilgani haqida axborot tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis klub xo‘jayinlaridan 18 million evroga baholanayotgan o‘yinchini tezroq sotib olishni so‘rayapti.

Lempti ikki yildan beri “Brayton” a’zosi hisoblanadi. Himoyachi shu muddat davomida  premer-ligada o‘ttizdan ziyod o‘yin o‘tkazib, bitta gol ham urgan. Biroq, mutaxassislar 21 yoshli futbolchining saviyasi “Manchester Yunayted”ga to‘g‘ri kelishiga shubha bilan qaramoqda.

Tariq Lemptining “Brayton” bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etishi bois, manchesterliklar yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!