Raqib murabbiyi shogirdlaridan “Real” yulduzini “sindirishni” so‘radi

  • 15 sentabr, 2022, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining beshinchi turida “Real” futbolchilari “Malorka” bilan to‘qnash kelgan edi. Raqib jamoa bosh murabbiyi Xaver Agirre o‘yin davomida o‘z shogirdlariga g‘alati topshiriq berdi.

Tecno

Ekspertlarning ta’kidlashicha, o‘yin mobaynida Xaver Agirre va “Real” hujumchisi Vinisius Junior o‘rtasida tortishuv yuz berdi.

Vinisiusning noroziligiga Agirrening uchrashuvda o‘z futbolchilaridan Braziliya terma jamoasi o‘yinchisining oyog‘iga tepib, unga jarohat etkazishni bir necha bor so‘ragani sabab bo‘lgan.

Mutaxassislar futbolchilarning o‘yin paytidagi suhbatlarini o‘rganib chiqdi. Vinisius jamoadoshlariga: “Ularning murabbiyi oyog‘iga tep”, “uni sindir”, deyapti. Futbol o‘ynashga qo‘ymayapti bular”, - degan. “Malorka” vakili Jaume Kosta esa “ ha, qo‘limizdan kelgani shu xolos”, deb gap tashlagani aniqlangan.

“Real” vakillari boshqa jamoalar ham Vinisiusga atayin jaroat etkazishi mumkinligidan xavotirga tusha boshladi. Chunki raqiblarning aksariyatiga Juniorning goldan keyin raqsga tushishi yoqmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!