
Raqib yana “Roma” futbolchisini nishonga oldi
“Roma”ning niderlandiyalik himoyachisi Rik Karsdorp “Sassuolo” bilan o‘yindan keyin bosh murabbiy Joze Mourinoning g‘azabiga duchor bo‘lgandi.
Oradan bir necha hafta o‘tganiga qaramay, ustoz va shogird munosabatlari tiklangani yo‘q. Klub rahbariyati har ikki tomonni yarashtirib qo‘yishga urinmoqda.
Shunga qaramay, “Yuventus” qishki transferlar vaqtida himoya chizig‘ini mustahkamlash maqsadida yana Rik Karsdorp variantiga qaytdi.
Turinliklar hujumga qo‘shila oladigan himoyachi qidirmoqda. Bu talabga Karsdorp to‘la javob beradi.
Tuttosport nashrining yozishicha, “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Xaun Kuadrado o‘rniga Rik Karsdorpni o‘ynatishga tayyor.
Fikrlar