Rashidov jamoasida murabbiy o‘zgardi
Qatar yulduzlar ligasida hamyurtimiz Sardor Rashidov to‘p surayotgan «Qatar SK» jamoasi mavsumni kutilgan darajada boshlay olmadi. Dastlabki to‘rtta turda «Qatar SK» raqiblariga imkoniyatni boy berdi.
Shundan so‘ng klub rahbarlari jamoani boshqarayotgan xorijlik mutaxassisni ishdan bo‘shatishga qaror qilishdi va uning o‘rniga mahalliy murabbiy Vesam Rizqni tayinlashdi.
Aytish joizki, Qatar futbolida Vesam Rizq katta hurmatga ega. U o‘z vaqtida uzoq yillar davomida Qatar terma jamoasida to‘p surgan va katta tajribaga ega bo‘lgan. Endilikda esa u Sardor Rashidov va uning jamoadoshlariga ustozlik qilishni boshladi.
Buni qarangki, aynan «Qatar SK» klubi bosh murabbiy o‘zgarganidan so‘ng dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 5-turda «Al Xor»ga qarshi o‘tkazilgan bahsda «Qatar SK» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, kiritilgan ikkala golda ham Rashidovning hissasi katta bo‘ldi.
Fikrlar