Rasman! Aleksandr Zinchenko —“Arsenal” futbolchisi (foto)

  • 22.07.2022 22:33
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” himoyachi Aleksandr Zinchenko "Arsenal" futbolchisiga aylandi. Bu haqda “to‘pchilar” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

25 yoshli ukrainalik futbolchi London klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Hozircha qancha muddatligi ma’lum emas.

“Sky Sports” nashri xabariga ko‘ra, "Arsenal" Zinchenko uchun "Man Siti"ga 32 million funt to‘lagan.

Zinchenko 2016 yildan buyon "shaharliklar" safida o‘ynab kelmoqda.

O‘tgan mavsumda futbolchi "Manchester Siti" safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt” portali uni 25 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!