
Rasman! Alkaser "Vilyarreal"ga o‘tdi
“Borussiya” Dortmund klubi forvardi Pako Alkaser faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 26 yoshli ispaniyalik futbolchi “Vilyarreal” bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida 17-raqamda to‘p suradi.
Bundan avvalroq Pakoning transferi “sariq suv osti kemasi”ga 23 mln evroga tushgani aytilayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Alkaser joriy mavsum Bundesligada 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urishga erishdi. Biroq, u sentyabrdan buyon faqatgina bir marotaba maydonga tushdi xolos.
Eslatib o‘tamiz, Alkaser uchun La Liga begona emas. U bundan avval "Barselona" va "Valensiya" klublarida o‘ynagan.
Fikrlar