
Rasman! "An-Nasr" "Lans" yarim himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi
Rasman "An-Nasr" Seko Fofanani o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi.
Ma’lumot uchun, riyodliklar "Lans"dan Fofanani 30 million evroga sotib oldi. Yarim himoyachi klub bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnoma borasida kelishib olgan.
"An-Nasr" Sekodan tashqari yana bir nechta futbolchilarni sotib olmoqchi. Keyingi maqsad "Manchester Yunayted" vakili Aleks Tellesni o‘z tarkibiga qo‘shib olishdir.
Fikrlar