Rasman! "Atalanta" Kovalenkoni o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 01.02.2021 19:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Shaxtyor" klubi va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Viktor Kovalenko faoliyatini "Atalanta"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi bergamoliklar bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan va uning transferi  A Seriya klubiga 700 ming evroga tushgan.

Viktor Kovalenko “Shaxtyor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida “konchilar” safida jami 199 ta o‘yinda maydonga tushdi va 32 ta gol hamda 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U Ukraina terma jamoasi safida 30 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!