Rasman! "Barselona" 18 yoshli gollandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 23.05.2019 17:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" o‘zining rasmiy saytida Gollandiyaning "Groningen" klubi yarim himoyachisi Lyudovit Reys bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu transfer kataloniyaliklarga 3,25 mln evroga tushdi. 18 yoshli gollandiyalik futbolchi esa “ko‘k-anor ranglilar” bilan keyinchalik yana ikki mavsumga uzaytirish huquqi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzoladi. “Barselona” esa unga 100 mln evro miqdorida tovon puli belgiladi.

Ma’lumot uchun, Reys "Groningen" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017 yildan buyon asosiy jamoada to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 50ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!