Rasman! Baxtiyor Ashurmatov "Surxon" bosh murabbiyligidan ketdi
"Surxon" jamoasini shu kungacha boshqarib kelgan tajribali mutaxassis Baxtiyor Ashurmatov o‘z arizasiga ko‘ra "Surxon" jamoasi bosh murabbiyligini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
31-iyul kuni O‘zbekiston Superligasi 15-tur doirasida "Bunyodkor" bilan bo‘lib o‘tadigan bahsga jamoani "Surxon" U-21 jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Andreev tayyorlaydi.

Fikrlar