Rasman! Bundesliga shanba kuni davom ettiriladi

  • 7 may, 2020, 17:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus tufayli noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yilgan Germaniya Bundesligasining qachon tiklanish sanasi rasman ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Bild nashrining futbol bo‘limi rahbari Kristian Falk o‘z tvitter sahifasida Bundesliga o‘yinlari 16 may shanba kunidan boshlanishini ma’lum qildi. Keyinroq Bundesliga bosh direktori Kristian Zayfert ham matbuot anjumanida ushbu xabarni tasdiqladi. Aytish kerakki, o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkaziladi.

26-turdan o‘rin olgan o‘yinlar bilan tanishing: "Borussiya D" - "Shalke", "Fortuna" - "Paderborn", "RB Leyptsig" - "Frayburg", "Xoffenxaym" - "Gerta", "Keln" - "Maynts", "Union" - "Bavariya", "Ayntraxt" - "Borussiya M", "Augsburg" - "Volfsburg", "Verder" - "Bayer".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!