Rasman! «Bunyodkor» - «Paxtakor» uchrashuvi "Milliy"dan "Paxtakor" stadioniga ko‘chirildi
«Bunyodkor» Superliga 2-tur doirasida «Paxtakor»ga qarshi maydonga tushadi. "Qaldirg‘ochlar" uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan «Milliy» stadionining holati hali o‘yin o‘tkazish uchun yaroqli bo‘lmagani sababli «Toshkent derbisi» «Paxtakor» markaziy stadionida o‘tkaziladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bellashuvning nominal mezboni «Bunyodkor» bo‘ladi. Ushbu bahs 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 17:00da boshlanadi.

Fikrlar